O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolik jamiyatining faol ishtirokchilari ovoz bermoqda

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi mustahkamlangan. Ushbu prinsipga muvofiq qabul qilingan 250 dan ortiq qonun hujjati O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini tashkil etish tartibini yanada soddalashtirdi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. Natijada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan NNTlar soni 8 ming 700 ga yaqinlashdi. 

Fuqarolarning 10 mingga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududlarda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni rivojlantirish va amalga oshirishga katta hissa qo‘shayotir. Mahalla faollari yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ularni ishga joylashtirish, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarda samarali faoliyat yuritmoqda. Mahalla instituti vakillari bugungi saylovni yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatish bilan birga, ovoz berishda ham faollik ko‘rsatayotir. 

- Mamlakatimiz taraqqiyot modelining naqadar haqqoniy va samarali ekani xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida yaqqol ko‘rinib turibdi, – deydi poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi "Parvoz" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Anvar Chulliyev. – Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz yuksalib, aholi daromadlari o‘sayotgani buning yorqin dalilidir. Bunday shart-sharoit, keng imkoniyatlar, albatta, aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularning bugungi tadbirda faol ishtirok etayotgani ham shuni tasdiqlaydi. Men mana shunday taraqqiyot muhiti yanada rivojlanishi uchun ovoz berdim. Mahallamiz ahli ham ana shunday ezgu niyatlar bilan erta tongdan hududimizda tashkil etilgan 413-saylov uchastkasiga kelib ovoz bermoqda. 

 
 

Поделиться