O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yorug‘ kelajagimiz uchun ovoz berdim

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yurtimizning barcha joylarida ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda. Taekvondo (ITF) bo‘yicha ikki karra Osiyo, ikki karra jahon chempioni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Dilbar Xoljigitova Guliston shahridagi 3-saylov uchastkasida o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.

– Saylov – munosiblar ichra munosibini tanlash demakdir, – deydi D.Xoljigitova. – Bu yilgi saylov xalqimiz hayotida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti boshlab bergan huquqiy-demokratik jamiyat qurish, ilm-fan, madaniyat, sport singari turli jabhalarda yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish, bu jarayonda, ayniqsa, yoshlar masalasiga doimiy e’tibor qaratish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish, bugunimiz va ertangi kunimizni ta’minlash har birimizning burchimizdir. Har bir fuqaroning ovozi, o‘ziga munosib nomzodni saylashi ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. 

Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Barcha saylov uchastkalarida zarur imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishdik.

Fuqarolar konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish asnosida farovon va baxtli hayoti, o‘z kelajagi uchun ovoz berayotganini chuqur his qilmoqda. Men ham saylovda qatnashib, munosib nomzodga ovoz berdim. 

 
 

Поделиться