O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazirning virtual qabulxonasi: har bir murojaat ortida inson taqdiri bor

2016-10-26 | Texnologiyalar

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida yashovchi Hikoyat Rahimqulovaning o‘g‘li 1-guruh nogironi bo‘lib, xastalikdan azob chekadi. Shifokorlardan farzandini Hindistonda jarrohlik amaliyoti o‘tkazib davolash mumkinligini bilgach, xarajatlar uchun kerak bo‘ladigan xorijiy valyutani bankdan olish harakatiga tushdi. Yordam so‘rab qilgan murojaatiga "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati filiali tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur murojaat joriy yilning 26-sentabridan buyon Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining hududiy tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi orqali qabul qilingan edi. 
     
Partiyaning barcha hududiy tashkilotlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi yuqori tezlikdagi internet, turli aloqa vositalari, komputer va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlangan. 
  
– Kelayotgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-sentabrdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tubdan takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda, – deydi O‘zLiDePning Toshkent viloyati kengashidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi huquqshunosi Sanjar Evadillayev. – Izchillik bilan amalga oshirilayotgan  jarayonning birinchi bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatini mas’ul xodim qabul qilib, axborot tizimiga kiritadi. Ikkinchi bosqichda maxsus ishchi guruhi o‘rgangach, tegishli vazirlik, idora va hokimliklarga murojaat qilinmoqda.

Uchinchi bosqichda murojaatlar vazirlik, idora va hokimiyat organlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan masalalar hal etilmoqda. Bu haqda  pm.gov.uz orqali yoki yozma ravishda tasdiq olinadi.

  
To‘rtinchi bosqichda ishchi guruhi tomonidan ikki ish kunida tegishli vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqiladi. Agarda muammo yuzasidan qoniqarsiz qaror qabul qilingan bo‘lsa, ariza Bosh prokuraturaning axborot tizimiga arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yo‘naltiriladi. 

O‘zLiDeP qabulxonasi orqali hozirga qadar 1,8 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Ma’lum  qismini sodir etilgan o‘g‘irlik, firibgarlik holatlari, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash, banklardan sarmoya olish va shu kabi masalalar tashkil etayotir.

Ayni vaqtda  murojaatlarning 1 ming 480 tasi  ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lsa, 320 murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan. Qator jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘liq qanoatlantirilgan. Misol uchun, Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida yashovchi fuqaro A.Asadovning “Qarshi Grand Tour” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga mehmonxona faoliyatini tashkil etish maqsadida inventar va jihozlar sotib olish uchun yirik summada uzoq muddatli kredit ajratish masalasidagi qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi fuqaro T.Odilovning fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoni tuman hokimligi tomonidan noqonuniy olib qo‘yilganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaati Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan. 

Bu misollar Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan har bir murojaat qat’iy nazoratga olinganidan, ularda ko‘tarilgan masalalar tezda yechim topayotganidan dalolatdir. 

Поделиться