O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
9 oyidagi faoliyat sarhisobi
2016-10-23 | Texnologiyalar
2016-yilning 21-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yilning 9 oyidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Hududiy rahbarlarning majlisda ishtiroki videokonferensiya orqali ta’minlandi.
Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2016 yilning 9 oyida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,4 trillion so‘mni (2015 yilning shu davriga solishtirganda o‘sish 115%) tashkil etdi, jumladan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2.92 trillion so‘mni tashkil etdi (o‘sish 116%).
Keng polosali internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi simli portlardan foydalanish 107,4% o‘sdi. Bu esa foydalanuvchilarga keng polasali IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yanada kengaytirmoqda.
Majlisda FTTx texnologiaysidan keng foydalanish, telekommunikatsiya iste’molchilari murojaatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish yuzasidan texnik xizmatlarni yanada rivojlantirish lozimligi ta’lidlandi. Shu bilan birga telekommunikatsiyalar operatorlari rahbarlariga aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash kerakligi ta’kidlandi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga, qisqa muddat ichida, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini ta’minlash ta’minlash maqsadida zamonaviy nazorat metodlarini ishlab chiqarish topshirildi.
Hay’at majlisida mamlakatimizda raqamli televideniyaga bosqichma-bosqich joriy etilayotgani va hozirgi kunda yurtimiz hududining 79.5% qamrab olinganligi ma’lum qilindi. 2016 yilning oxitiga qadar 10 ta raqamli teleuzatkichlar o‘rnatiladi va bu ko‘rsatkich 88% ga etkaziladi.
“UZ” hududidagi domenlar soni bu davrda 29 mingtaga yetib, o‘sish 123%ni tashkil qilgan. “UZ” hududidagi milliy axborot resurslarining rivojlanish holati tahlil qilindi. ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni esa 126 000 taga (o‘sish 124 %) yetdi. uMail.uz elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 367 mingdan oshdi, va 2015 yilning shu davriga nisbatan 165% o‘sdi. Majlis davomida milliy resurlarni, jumladan ijtimoiy tarmoqlarni, strategik rivojlanitirish uchun va manzilli orientirlarni aniqlab olish uchun kerakli topshiriqlar berildi. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlarni rivojlanitirsh masalasi ham alohida muhokama etildi.
Joriy yilda Tas-IX hududida joylashgan milliy davra.uz ijtimoiy tarmoq ishga tushirilganligi ta’kidlandi. Ushbu tizim foydalanuvchilariga mobil operatorlar tomonidan imtiyozlar berilishi va davra.uz tizimiga ko‘proq yoshlarni jalb qilish kerakligi ta’lidlandi.
“Elektron hukumat” tizimini va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bugungi kunda muhim va dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. Majlisda aytilishicha, qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida ushbu yo‘nalishda bir qator natijalarga erishildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholi va tadbitkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turning soni yil davomida 25 taga oshdi va ularning umimiy soni 290 dan oshdi. Natijada davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga 833 mingdan ziyod hizmatlar ko‘rsatildi.
Normativ huquqiy hujjatlarni muhokamsi portalida (regulation.gov.uz) muhokama etilayotgan 860 ta normative huquqiy hujjatlarga 1500 dan ziyod takliflar va izohlar tushdi.
Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini muntazam takomillashtirib borish lozimligi qayd etildi. Jumaladan, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining to‘liq ikki tomonlama faoliyat yuritilishi taminlash kerakligi ta’kidlandi.
Iqtisodiyotning real sektorida, aksionerlik kompaniyalar, uyushmalar, yirik iqtisodiy korxonalarida texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Davlat rahbariyati qarorlari asosida hozirda umumiy xajmi 336 milliard so‘mga teng axborot tizimlari va dasturiy taminotlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirda umumiy umumiy qiymati 62,4 mlrd. so‘mga teng 81 ta loyiha amalga oshirildi. 2016-2018 yillar davomidabu yo’nalishda umumiy qiymati 1,1 trillion so‘mga teng 89 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Majlisda mamlakat hududlarida axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda amalga oshirilayotgan choralar ko‘rib chiqildi. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va Elektron xukumatni joriy etish va rivojlantirish markaziga joylardagi davlat boshqaruvi organlarida AKTni joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha keskin choralar ko’rish topshirildi.
Dasturiy mahsulotlar yaratuvchilar milliy riestriga kiritilgan dastur yaratuvchilarning soni 114 ga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 131% o‘sdi. Qayd etib o‘tildiki hukumat rahbarlarining qarorlari asosida berilgan imtiyozlar natijasida dastur ishlab chiqaruvchilar 2 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ni iqtisod qilganlar.
Pochta aloqasi xizmatlarining xolati va rivojlanishi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitida, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda an’anaviy pochta xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shu sababli “O‘zbekiston pochtasi” AJga “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonunga muvofiq yangi pochta aloqasi xizmatlarini joriy qilishga yo’naltirilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligi qayd etildi.
Hay’at majlisida Vazirlik va uning tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari har tomonlama va tanqidiy yondoshgan holda tahlil qilindi. Vazirlik tizimidagi korhona va tashkilotlar rahbarlari, aloqa operatorlari va provayderlarga mijozlardan tushgan murojaatlarga javob qaytarish ustidan nazoratni kuchaytirish, ariza beruvchilar bilan rasmiy saytlar va telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni yo’lga qo’yish yuzasidan ko‘rsatmalar beridi.
Qayd etib o‘tilganidek hisobot davrida asosiy murojaatlar telekommunikatsiya xizmatlari, xususan simli va mobil aloqa, hamda internet xizmatlariga tegishli. Shu munosabati bilan “O‘zbektelekom” AK va uning filiallari rahbarlariga, mobil aloqa operatorlari rahbarlariga yuridik va jismoniy shahslar murojaatlari bilan ishlashni samaradorligini oshirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar topshirildi.
Mijozlarning qo‘ng‘iroqlari bilan ishlovchi Call-markazlarning faoliyatini yanada yaxshilash kerakligi ta’kidlandi. Jumaladan, Call-markazlar hodimlarining professional va mijozlarning xizmat sifatiga oid taqdim etilayotgan shikoyatlariga javob berish ko‘nikmalari yaxshilash zarurligi aytildi.
Majlisda yil oxiria qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor masalalar ham muhokama etildi, jumladan:
- aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun 20 dan ziyod zamonaviy interaktiv xizmatlar joriy etish;
- mamlakat iqtisodiyotining real sektori korxonalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha 15 ta loyihani amalga oshirish;
- mamlakat hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha 148 ta manzilli loyihalarni amalga oshirish;
- Optik-tolali aloqa liniyalari asosida keng polosali Internet xizmatlarini yanada rivojlantirish, elektron hukumat tizimi uchun ma’lumot markazini tashkil etish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashni yanada kuchaytirish va boshqalar.
Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Qarorda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada rivojlanitirishga qaratilgan chora-tadbirlar aniqlab olingan.