O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘mon Elchisi bilan uchrashuv
2016-10-23 | Siyosat
2016-yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohamed Said Mohamed Al Lavati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida 19-oktabr kuni o‘z ishini tamomlagan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi yakunlari yuzasidan fikr almashildi. Elchi O‘zbekistonning IHT TIVKdagi raisligi muvaffaqiyatli boshlanganligi bilan tabrikladi.
Uchrashuvda davlatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalarni mustahkamlash yuzasidan takliflar va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.