O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zLiDeP vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar topshirdi

2016-10-23 | Saylov

Joriy yilning 22-oktabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiya va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qonunchilikka asosan siyosiy partiya rahbarining Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib yozgan arizasi taыdim etildi.

Arizaga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi VIII syezdining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, syezdning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzo varaqalari ilova qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma berdi. Taqdim etilgan hujjatlarning qonunda belgilangan muddatda saylov qonunchiligi talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqiladi.

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish yuzasidan ichki ishlar, adliya organlarining, aholini hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning mutaxassislari, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat ekspertlar guruhlari o‘z ishini davom ettirmoqda.

Поделиться