O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muddatidan oldin chorak finalga chiqdi
2016-10-20 | Sport
Bahraynda davom etayotgan o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi avstraliyalik tengdoshlarini mag‘lubiyatga uchratd
Manama shahridagi “Xalifa Sports Siti” stadionida o‘tgan uchrashuvning 28-daqiqasida Bobir Abduxoliqov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib Doston Ibragimov hisobni 2:0 ga yetkazdi.
Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Doston Ibragimov yana bir bor raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 3:0. Uchrashuvning 63-daqiqasida Liam Yulliy penaltidan hisobni qisqartirgan bo‘lsa, asosiy bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Jorj Blekvud ham o‘n bir metrlik jarima to‘pidan gol urdi. Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 3:2 hisobida zafar quchib, muddatidan oldin chorak final yo‘llanmasini hal qildi.
“D” guruhidagi Tojikiston va Xitoy yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 2:0 hisobida yakunlandi.
21-oktabr kuni bo‘ladigan uchinchi turda futbolchilarimiz xitoylik tengdoshlari bilan bahslashsa, Avstraliya yoshlar terma jamoasi Tojikiston yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashadi.