O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim qildi

2016-09-20 | Saylov

2016-yil 20-sentabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasida komissiya a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda Prezident saylovi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, xalqning xohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli hisoblanishi ta’kidlandi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir. 

Bunda siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin. 

Mazkur qonunning 24¹-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi ko‘rsatilgan ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. 

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnomani berdi. 

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi. 

Поделиться