Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tajribali bokschimiz XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Lorenzo Kollazo Sotamayorni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
G‘olib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.
Ayni paytda O‘zbekiston sportchilari 4 oltin, 2 kumush va 7 bronza medal bilan umumjamoa hisobida 21-o‘rinda bormoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo davlatlari orasida to‘rtinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Manba: O'zA