O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qalblarda quvonch va shukronalik

2016-08-19 | Jamiyat

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurtdoshlarimiz hamda poytaxt mehmonlarida katta taassurot qoldirmoqda.

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limlari, Shayxontohur, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlari hokimliklari, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirga mahalla, xotin-qizlar qo‘mitalarining faollari, kasaba uyushmalari sohasi mutaxassislari, iqtidorli yoshlar, namunali oilalar, nuroniylar taklif etildi. 

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda tinchlik va ijtimoiy barqarorlikni, turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, hayotimiz farovonligi muttasil ortishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Poytaxtimizning Shayxontohur, Yashnobod, Yakkasaroy tumanlarida ham yangi-yangi ijtimoiy obyektlar, ishlab chiqarish korxonalari, keng va ravon yo‘llar, zamonaviy turar-joylar, mahalla guzarlari, xiyobonlar barpo etilmoqda. Bularning barchasi yurtdoshlarmiz qalbida hayotdan rozilik, ertangi kunga ishonch, baxtiyor kunlarimiz, boshimiz uzra musaffo osmon uchun shukronalik tuyg‘ularini jo‘sh urdirmoqda. 

– Tabarruk diyorimizning ajdodlarimiz asrlar mobaynida orzu qilgan hurligi, ozodligi, mustaqilligi, gullab-yashnashi, taraqqiyotga yuz tutganini ko‘rish bizlarga nasib etdi, – deydi Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Muhiba Mirsaidova. – Yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonlari buyuk allomalarga beshik bo‘lgan, tuprog‘i zar shu zaminni, tinchligimizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, farzandlarimizni ham shu yo‘lda safarbar etishga, Vatanga munosiblik tuyg‘usini mustahkam qaror toptirishga undaydi. 

Fayzli oqshomda jonajon O‘zbekistonimiz, istiqlolimiz, o‘tgan yillar mobaynida erishilgan ulkan yutuqlarni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar yangradi. Shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida mehnat qilayotgan faol xodimlar, iqtidorli yoshlar, xalqaro musobaqalar g‘oliblari, ibratli oilalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Poytaxtning iqtisodiy salohiyati, yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlari, hayotbaxsh islohotlar, mahallalar hayoti, yoshlarning baxtu-kamoli haqida hikoya qiluvchi badiiy, foto ko‘rgazma tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi. 

Поделиться