O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Janubiy Koreyaning Samsung C&T kompaniyasi O‘zbekistonda yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi
2023-06-28 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 27-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Samsung C&T kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori O Se Chol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Samsung C&T 1938-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreyaning qurilish va loyiha ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. Bugungi kunda uning dunyoning 44 davlatida 122 ta vakolatxonasi bor.
Uchrashuvda tomonlar joriy loyihalarni amalga oshirish holati, energetika va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, DXSh asosida yangi tashabbuslarni shaklantirishni ko‘rib chiqdilar.
Ayni paytda kompaniya shaharsozlik va yashil energetika sohalarida bir qator infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganishga kirishmoqda.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq qilish masalalarini toʻliq ishlab chiqish maqsadida tomonlar kelgusidagi hamkorlik formatini belgilab oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi