O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biznes — forum: Agrar sohada hamkorlikning yangi qirralari

2023-06-08 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi arafasida  Italiyaning Rim shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston-Italiya ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes forumda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati alohida mavzularidan biri bo‘ldi.

Ushbu biznes-forumda Italiyaning qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sohasidagi 30 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etdi. O‘zaro uchrashuvlarda O‘zbekiston va Italiya ishbilarmonlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi hamkorlik loyihalari ko‘rib chiqildi.

Biznes-forum natijalariga ko‘ra, 16 ta bitim imzolandi. Shundan 8 tasi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan. Qolgan bitimlar esa eksport shartnomalari va texnologik bitimlardan iborat. Ushbu bitimlarning umumiy qiymati taxminan 400 mln AQSh dollarini tashkil etib, istiqbolda qishloq xo‘jaligi sohasiga qo‘shimcha 130 million AQSh dollari yo‘naltirish bo‘yicha kelishuvga imzo chekilgan

Eksport shartnomalarida, asosan, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Italiya va Yevropa bozorlariga eksport qilish bilan bog’liq bo‘lgan jarayonlar keng qamrab olindi.

Biznes forum natijalariga ko‘ra, yangi hamkorlik ko‘lami yo‘nalishlari ham kelishib olindi. Bunda O‘zbekistonga yangi kompaniyalarni jalb qilish, shuningdek, texnologiyalarni, ya’ni suv tejamkor texnologiyalarni hamda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalarini respublikamizga joriy qilish, uni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo‘lgan imkoniyatlarni ko‘rib chiqish biznes-forumda ko‘rib chiqildi. Biznes-forumda asosiy e’tibor hamkorlikdagi loyihalarni moliyalashtirishga qaratildi.

Xususan, Italiyaning moliyaviy institutlari, jumladan, xususiy banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish bilan bog’liq bo‘lgan imkoniyatlar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться