O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi to‘g‘risida axborot

2023-05-19 | Saylov

2023-yil 19-may kuni Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etdi.

Majlisda okrug saylov komissiyalarini tuzish, saylov o‘tkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirish, Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi faoliyatini tashkil etish, Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlashga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Avvalambor majlisda, Saylov kodeksiga muvofiq muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining tarkibi tasdiqlandi va qaror qabul qilindi.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, saylovchilar hamda saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining huquqiy savodxonligini oshirish Markaziy saylov komissiyasining muhim vazifalari sirasiga kiradi.

Qayd etilganlarni inobatga olgan holda majlisda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur konsepsiyaga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi va ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan kaskad usulida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek majlisda, Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.

Matbuot markazi okrug saylov komissiyalari huzurida hududiy filiallariga ega bo‘ladi hamda o‘z faoliyatini qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yoritishda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan yaqindan hamkorlik olib boradi.

Majlisda kun tartibidagi navbatdagi – Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, saylov komissiyasi aʼzolari uchun nazarda tutilgan bir martalik kompensatsiya to‘lovlarining miqdorini o‘zgartirish, saylov jarayonlari uchun taqdim etilgan tovar-moddiy qimmatliklarning but saqlanishini taʼminlashga qaratilgan qoidalarni belgilash taklif etildi va komissiya aʼzolari tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi ham tasdiqlandi.

Qayd etilganidek, mazkur smetani tasdiqlashda byudjet mablag‘larining iqtisod qilinishiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, 2019-yilda vakillik organlari saylovida davlat byudjetidan ajratilgan umumiy mablag‘larning 19,8 foizi, 2021-yildagi prezidentlik saylovida 26 foizi va joriy yilda bo‘lib o‘tgan referendumda 13,5 foiz byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.

Markaziy saylov komissiyasi Saylov kodeksi talablariga rioya qilgan holda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m miqdorida ishlab chiqdi.

Qayd etish kerakki, mazkur mablag‘ avvalgi prezidentlik saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kamdir.

Xarajatlar smetasiga ko‘ra mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda. Ushbu mablag‘larning 76 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari (aʼzolarning aksariyat qismi o‘qituvchi, shifokor, faol fuqarolar tarkibidan shakllantirilgan) mehnati uchun to‘lab beriladigan kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanishi uchun rejalashtirilgan.

Xarajatlar smetasini shakllantirish jarayonida qonun talablaridan kelib chiqib, avvalgi siyosiy tadbirlarda amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni maqbullashtirishni hisobga olgan holda barcha mablag‘ talab etiladigan jihatlari eʼtiborga olingan.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться