O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir Hilola Umarova qoraqalpog‘istonlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini taqdirladi
2023-03-31 | Ta’lim
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda bugungi kunda maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk shaxs etib tarbiyalash, to‘g‘ri kasb tanlash borasida o‘qituvchilarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z bordi.
Uchrashuvda o‘qituvchilar tomonidan maktab ta’limini yanada rivojlantirish borasida bildirib o‘tgan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Uchrashuv so‘nggida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan 20 nafar faxriy o‘qituvchi “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi