O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Qirg‘iz Respublikasi hamkorligi: ishchi guruhning birinchi majlisi

2023-03-15 | Iqtisodiyot

Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining munosabatlari, jumladan, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishni belgilovchi bir qator masalalar hal etildi, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikning mutlaqo yangi bosqichi boshlandi.

Bundan tashqari, ikki davlat chegarasi bo‘yicha ham muhim masalalar hal etildi. Bu baliqchilik yo‘nalishini rivojlanishiga ham tegishli jihat. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibidagi baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Qirg‘iz qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi baliqchilik xo‘jaligi departamenti o‘rtasida Memorandum imzolandi.

“EKO” brendi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori sifatiga erishilganda, organik qishloq xo‘jaligi mavzusi agrosferani rivojlantirishda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iz ishchi guruhining birinchi Majlisi doirasida respublikada ixtisoslashtirilgan O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Qirg‘iz Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Organik qishloq xo‘jaligi departamenti o‘rtasida Memorandum imzolangani ham bejiz emas.

Shuningdek, ikki davlat vazirligi o‘rtasida bog‘dorchilik va meva – rezavor ekinlar yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir Memorandum imzolandi. Bundan tashqari, qo‘shma hukumatlararo komissiyaning muvaffaqiyatli faoliyati tufayli urug‘lar va ko‘chatlar bilan ta‘minlash ishlari allaqachon yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumki, Qirg‘iz Respublikasining iqlim sharoiti kartoshka yetishtirish uchun qulaydir. So‘nggi yillarda ikki tomonlama yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi orqali qo‘shni davlat bilan uchta yo‘nalishda hamkorlik belgilandi, u yerda mahsulot yetishtirilib, keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo‘yicha agrologistika markazini tashkil etish mexanizmlari to‘liq ishlab chiqildi. Bu yerda chorva mollarini ko‘paytirishdan tortib, toki go‘shtni qayta ishlash va ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayon yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ikki tomonlama imzolangan kelishuvlarga asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish va uni yanada ko‘proq eksport qilish maqsadida Qirg‘iz Respublikasining qator viloyatlarida intensiv bog‘lar va issiqxonalarda meva va rezavorlar yetishtirishga mo‘ljallangan hududlar belgilandi.

Dastlabki bosqichda qiymati 50 million dollardan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться