O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barqaror rivojlanish maqsadlari muhokama qilindi

2022-06-16 | Siyosat

Joriy yilning 16-iyun kuni Olmaota shahrida Qozog‘iston Respublikasi tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan ikkinchi mintaqaviy sammit bo‘lib o‘tdi.

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri A. Smailov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi A. Japarov, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Q. Rasulzoda, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari U. Rao-Monari, Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari M. Muhammedov ishtirok etdi.

Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yu. Urpilaynen sammit qatnashchilariga video-murojaat yo‘lladi.

“COVID'dan holi – Markaziy Osiyoni tiklash yo‘lida” mavzuida bo‘lib o‘tgan sammitda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Ushbu maqsadlarga erishishda kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni ilgari surish, gender tenglik bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish, “yashil” energetikani jadal rivojlantirish, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa masalalar ustuvor soha sifatida qayd etildi.

Sammitda Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro bog‘liqligi va mintaqada hamkorlikning mutlaqo yangi muhiti shakllanayotganini hisobga olgan holda dolzarb masalalarni birgalikda hal qilish imkonini beradigan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha tegishli dasturlarni shakllantirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqish muhimligi bildirildi. 

A’lo ABDULLAEV, O‘zA 

Manba: O'zA

Поделиться