O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan “Tabarruk ziyorat” loyihasi muhokama qilindi

2022-02-14 | Turizm

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillaridan iborat ishchi guruhining XVI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning turizm va sport vazirliklari vakillari ishtirok etishdi. Onlayn formatda Vengriya sayyohlik agentligi rahbari hamda Turkmaniston hukumatining turizm sohasi mutaxassislari qatnashdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh “Tabarruk ziyorat” konsepsiyasi asosida hamkorlikni rivojlantirish, tashkilot tarixida birinchi marta “Turkiy dunyo turizm poytaxti” deb e’tirof etilgan Qo‘qon shahrining turizm salohiyatini birgalikda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda 2021-yil 24-iyun kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari va kuzatuvchilarning 6-yig‘ilishida so‘z yuritilgan edi. Bundan tashqari, 2021-yil 12-noyabr kuni Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari va kuzatuvchilari yigʻilishida ham qator tashabbuslar ilgari surildi.

O‘zbekiston tomonidan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni, shuningdek, Qo‘qon shahrining turkiy dunyo turistik poytaxt maqomi asosida hunarmandlarning qo‘shma ko‘rgazmalari, etnosport musobaqalari, shuningdek, madaniy merosni asrab-avaylash va ta’mirlash tadbirlarini tashkil etishni rejalashtirilgan. “Yoʻl xaritasi” tashkilotga aʼzo boʻlgan barcha mamlakatlar uchun amal qiladi hamda turizmni rivojlantirish boʻyicha asosiy aloqa nuqtalarini belgilab beradi.

“Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish koʻzda tutilgan. Ishchi guruh xalqaro yarmarkalar, ko‘rgazmalar, festivallar, milliy sport musobaqalarini birgalikda o‘tkazish, O‘zbekistondagi xalqaro ilmiy markazlar bilan tashkilotga a’zo davlatlardagi ilmiy markazlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Yig‘ilishda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Investitsiyalar va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Mustafo O‘zdemir, Yevropa Ittifoqi va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Gezde Shahin, , madaniyat va turizm boʻyicha mutaxassis Aybike Deliedan iborat Turkiya delegatsiyasi loyihani amalga oshirish hamda turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik boʻyicha takliflar bildirgan. Shuningdek, turizmning turli yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va tajriba almashish sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Qozog‘istondan Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari Rashid Ayupov, turizm boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Axberdiyeva, investitsiya va eksport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurgul Abdurazzoqova, “Turkistan Tourism Center” turistik axborot markazi direktori Oljas Shintaev ishtirok etishdi. Rashid Ayupov ishchi guruh a’zolarini Qozog‘istonning turizm salohiyati, jumladan, Turkiston viloyatining turkiy dunyoda tutgan o‘rni bilan tanishtirdi.

“Turkistan Tourism Center” turistik axborot markazi direktori Oljas Shintaev “Tabarruk ziyorat” loyihasi boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. Turkiston viloyati Qozogʻiston janubida joylashgani, bu esa Oʻzbekiston bilan turizm hamkorligini transport va logistika sohasida yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, xalqaro yuk tashuvlarini loyiha doirasida rivojlantirish muhimligi, unga nafaqat turizm sohasi, balki transport, iqtisodiyot va investitsiyalar rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Qirg‘iziston Iqtisodiyot va moliya vazirligining Turizm departamenti direktori o‘rinbosari K.Kenjemetova muqaddas ziyorat loyihasi bo‘yicha ekoturizmni rivojlantirish yo’lida hamkorlikni taklif qildi.

Tashrif doirasida mehmonlar buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi xotirasiga bag‘ishlab, turkiy til taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan ulug‘ arbob ilmiy faoliyat olib borgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi, shuningdek, Hazrati Imom Moturidiy maqbarasi kabi shaharning sayyohlik maskanlarida bo‘lishdi.

Tadbirda Qo‘qon shahrining “Turkiy dunyo turizm poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etiladigan 2022-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться