O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda investisiyalar va tashqi savdo faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar muhokama qilindi

2021-11-28 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov investitsiyalar va tashqi savdoga mas'ul bo‘lgan mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida investitsiyalar va tashqi savdo faoliyati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Uchrashuvda hududiy investitsiya dasturlari ijrosining borishi ko‘rib chiqildi, mavjud masalalar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ustuvor tarmoqlarga investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlariga yaqindan ko‘maklashish, sanoat korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalangan holda samarali faoliyat yuritishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish zarurligi qayd etildi.
 
Shuningdek, 2022-yilga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish borasidagi ishlarning borishi muhokama qilindi. Investitsiyaviy takliflarning zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lganligi, rentabelligi, iqtisodiy samarasi hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorda xaridorgirligini hisobga olgan holda ularni sifatli ishlab chiqish va tanlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
 
Eksportga yetkazib berish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tezkor aniqlash va hal etish, shuningdek, eksport salohiyatini oshirishning yangi imkoniyatlarini aniqlash uchun ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar bilan bevosita hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
 
Investitsiyalar va eksport faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishni jadallashtirish, hududlarda foydalanilmayotgan iqtisodiy resurslarni aniqlash, loyiha guruhlari faoliyatini tashkil etish, xolding kompaniyalari tuzish, shuningdek, ishga tushirilgan korxonalar va sanoat ob'ektlari faoliyatining monitoringini olib borish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning oraliq natijalari haqida hisobot berdilar.
 
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться