O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekoturizm rivojlantiriladi

2021-11-09 | Turizm

Davlatimiz rahbari 8-noyabr kuni Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Navoiy va Jizzax viloyatlarida bo‘lgan saylovoldi uchrashuvlarida aytgan edi. Yig‘ilishda shu boradagi aniq rejalar va erishiladigan natijalar ko‘rib chiqildi.

Hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi ta’kidlandi. Ko‘llar atrofida qo‘shimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining mavjud imkoniyatlaridan keng foydalangan holda bu yerda baliqchilikni yanada rivojlantirish kerakligiga urg‘u berildi.

Bugungi kunda ushbu hududdan yiliga bor-yo‘g‘i 4 ming tonna baliq ovlanmoqda. Sharoit yaratish va ishlarni tizimli tashkil qilish hisobiga, bu hajmni 20 ming tonnaga yetkazish va bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin. Shu bois, tadbirkorlarni jalb qilib, ko‘llarni ijaraga bergan holda, klaster usulida baliq yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shunday loyihalarni ko‘paytirish, kreditlar ajratib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi. Uning doirasida ko‘llar tizimida suv sathini barqaror saqlash va sho‘rlanish darajasini kamaytirish choralari ko‘riladi. Qirg‘oqlar bo‘yidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.

Hududda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, brokonerlik va boshqa huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться