O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“E-huquqshunos” elektron tizimini joriy etish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

2021-10-07 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda tuman (shahar) moliya va pensiya bo‘limlarida “E-huquqshunos” elektron tizimini joriy etish bo‘yicha seminar-trening o'tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yuridik departamenti direktori Alisher Turmuxamedov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sardorbek Azizov, “UNICON-SOFT” MCHJ direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Usmanov, “UNICON-SOFT” MCHJ bo‘lim boshlig‘i Muzaffar Rahimberdiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yuridik departament xodimlari, tuman (shahar) moliya bo‘limlari, Pensiya jamg‘armasi va tuman (shahar) pensiya bo‘limlari xodimlari qatnashdilar. Seminar-trening davomida adliya organlari huzurida ish boshlagan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining tuman (shahar) moliya va pensiya bo‘limlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda “Unicon Soft” MCHJ dasturchilari tomonidan davlat tashkilotlariga elektron tarzda yuridik xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi ishga tushirilganligi ta’kidlab o‘tildi. Mutaxassislar tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi quyidagi asosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ta’kidlandi:

- tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish va ulardan erkin foydalanish;

- tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi, unga tegishli materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborish;

- mas’ul xodimlar tomonidan tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, tizimga biriktirish va o‘zaro hujjat almashish;

- tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish, elektron tarzda qabul qilish va ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash;

- tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tizimga biriktirish, ularni tahrir qilish, takliflarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuborish;

- tashkilotlarga talabnoma, sudlarga ariza yoki da’vo arizalarini kiritish uchun ularning loyihalarini tayyorlash, tahrir qilish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab kiritish;

- xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga nisbatan o‘tkaziladigan tekshirishlarda masofaviy tarzda ishtirok etish va ularga huquqiy maslahatlar berish;

Markazlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganib chiqish va ularga asoslantirilgan javoblar yuborishda imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться