O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aziz Abduhakimov: “Markaziy Osiyo arxeologiya merosini boshqarish tamoyillari Deklaratsiyasi” mintaqadagi davlatlarini birlashtirishga xizmat qiladi
2021-09-18 | Madaniyat
Nukusda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniy forumiga tayyorgarlik doirasida “Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologik anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport ishlari vazirligi, YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MOXTI) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ko‘magida tashkillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining tarixiy va madaniy merosni, xususan, arxeologiya yodgorliklarni o‘rganish, asrash, ulardan foydalanish, ommalashtirish va barqaror boshqarish bo‘yicha yechim topishga intilishi anjumanning eng muhim shartlaridan biri bo‘ldi. Respublikada olib borilayotgan majmuaviy ishlarni aks ettiruvchi eng muhim qadamlardan biri sifatida YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarix va madaniyatning noyob obyektlari uchun bir nechta nominatsiyalarni tayyorlash bo‘ldi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston olimlari va tadqiqotchilarini birlashtirgan “Buyuk Ipak yo‘li: Zarafshon-Qoraqum yo‘lakchasi” va “Qadimgi Xorazm merosi” transmilliy turkum nominatsiyalari; shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan “Mizdoqxon uchtepasi” individual nominatsiyasi shular jumlasidan.
Butun mamlakat bo‘ylab olib borilayotgan tadqiqot ishlari doirasida mazkur anjuman Markaziy Osiyo uchun arxeologik merosni o‘rganish va asrash muammolari va vazifalarini har tomonlama va batafsil muhokama qilish uchun yagona platformaga aylanishi ko‘zda tutilgan. Katta salohiyatga ega bo‘lgan arxeologik joylar milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda madaniy turizmni rivojlantirish katalizatoriga aylanishi mumkin.
Tadbirlarda ishtirok etish uchun arxeologiya va tarixiy-madaniy meros sohasidagi ellikdan ortiq taniqli mutaxassislar, mashhur olimlar va amaliyotchilar taklif etilgan. Ma’ruza mavzulari ilmiy va madaniy almashinuvlar, millatlararo muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek tarixiy va madaniy merosning ijtimoiy-gumanitar fanlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qamrab oladi.
Ma’ruzalar tadqiqot sohasi hamda ilmiy ishlarning muayyan mutaxassislikka tegishli xususiyatlariga qarab, tematik seksiyalar doirasida birlashtirildi, seksiya yig‘ilishlari o‘tkazilishi yalpi sessiyadan so‘ng rejalashtirilgan. Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun aksariyati ming yillardan oshgan qadimgi Xorazmning eng qimmatli arxeologik yodgorliklarini tomosha qilish va ularni ushlab ko‘rish imkonini beruvchi madaniy-ekskursiya dasturi ham ishlab chiqilgan. Noyob joylarga tashrif buyurish, shubhasiz, O‘zbekiston madaniy merosi to‘g‘risida mintaqaviy va xalqaro miqyosda xabardorlikni oshirishga yordam beradi.
Anjuman doirasida, Markaziy Osiyo arxeologiya merosini boshqarish tamoyillari Deklaratsiyasi - arxeologiya merosini himoya qilish va uni targ‘ib qilish xususidagi milliy hukumatlar va ilmiy-akademik jamoatchiligining umumiy qarashlarini aks ettiruvchi, Markaziy Osiyoda ishlab chiqilgan o‘z nazdidagi ilk strategik hujjatni qabul qilish rejalashtirilgan.
YuNESKO ma’qullagan, umume’tirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarga tayangan holda, Deklaratsiya shaksiz o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasining arxeologik merosini boshqarishning asosiy tamoyillari, yondashuvlari va usullarini belgilashga mo‘ljallangan. Ilg‘or yutuqlar va xalqaro tajribaga asoslangan deklaratsiya tamoyillari hali 90 foizi ham o‘rganilmagan hamda jamiyat hayotining turli sohalari uchun ulkan salohiyatni kasb etuvchi boy arxeologik merosni boshqarishning konseptual asosini yaratishga xizmat qiladi. Deklaratsiya qabul qilinishining o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi asosiy maqsadlaridan biri milliy qonunchilikni takomillashtirish va unga amaldagi xalqaro huquq normalarini joriy etishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, kelajakda hujjatni YuNESKO Bosh Assambleyasi tomonidan xalqaro konvensiya sifatida ratifikatsiya qilish jarayonini boshlash rejalashtirilmoqda, va u xalqaro huquqning madaniy merosni himoya qilish sohasidagi eng muhim hujjatlari qatorida munosib o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimov: “Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya anjumani butun Markaziy Osiyo uchun juda ahamiyatli voqea. Mazkur uchrashuv doirasida o‘ta muhim hujjat – “Markaziy Osiyo arxeologiya merosini boshqarish tamoyillari Deklaratsiyasi”ni muhokama qilish va qabul qilish rejalashtirilgan. Bu esa mintaqa tarixida mazkur yo‘nalishdagi ilk tashabbus bo‘lib, u barcha arxeologiya merosini saqlash va boshqarish masalalarida hamda o‘rganish va uni eng yuqori xalqaro darajada ommalashtirish yo‘lida Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirishga xizmat qiladi.”
Xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti direktori D.A. Voyakin: “Arxeologik meros – bu, bir tomondan, tarixiy va madaniy merosning eng yirik manbasi, boshqa tomondan - u eng himoyasiz, zaif va qayta tiklanmaydigan qismidir. Arxeologiya yodgorliklariga nisbatan g‘amho‘r va, ahamiyatlisi, oqilona munosabatda bo‘lish - ularni saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazishning asosidir. Parvarish, malakali yondashuv va hisob yuritish - oqilona boshqaruv jarayonining asosiy tashkiliy qismlaridir. Boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqish va ularni xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qabul qilinishi Nukusda o‘tkaziladigan arxeologiya anjumanining vazifalaridan biridir. Ishonchim komilki, anjumanning ilmiy-amaliy natijalari eng yaqin kelajakda O‘zbekiston chegaralaridan uzoqda ham ma’lum bo‘ladi.”
Ma’lumot o‘rnida:
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6199-sonli Farmoniga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi negizida tashkil etilgan.
Vazirlik turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan davlat organi sifatida bir qator muhim vazifalarni bajaradi, xususan, O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish kontseptsiyani shakllantirish va rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; sport inshootlarini boshqarish samaradorligini oshirish, aholining keng qatlamlarini sport va sog‘lom turmush tarziga tanishtirishga hissa qo‘shadi. Vazirlik moddiy madaniy meros sohasida tarixiy va madaniy merosni o‘rganish va ommalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalari so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda. Xususan, Jahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish Konvensiyasi talablari, shuningdek, YuNESKO va boshqa tegishli xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini tatbiq qilish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, olimlar, ekspertlar va keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish ishlari shular jumlasidan.
YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi
1994 yilda tashkil etilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyati keng ko‘lamli hamkorlikka, shuningdek, madaniyat va san'at, fan va ta’limning barcha sohalarida YuNESKO va ISESCO bilan birgalikda dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuzilgan hukumat tashkiloti hisoblanadi. Bu Milliy komissiyaga tegishli vazirlik va idoralar bilan umumiy asosda samarali idoralararo hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, turli milliy va xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Milliy komissiya tashkil etilganidan buyon O‘zbekistondagi YuNESKOning turli dasturlari va loyihalarini amalga oshirish va amalga oshirish, milliy salohiyatni ushbu tadbirlarga jalb va safarbar qilish, shuningdek, YuNESKO vakolati sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta kuch sarflamoqda.
Bugungi kunda 199 ta Milliy komissiyalardan iborat global tarmoqning bir qismi sifatida YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tinchlik va barqaror rivojlanish g‘oyalarini ilgari surishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ishonchli hamkori hisoblanadi.
YuNESKO Milliy komissiyasi raisi - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduqahharovich Abduhakimov.
Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MOTXI) – YuNESKO tashabbusi va o‘nta davlat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ko‘magida 1995 yilda tashkil etilgan hukumatlararo tashkilot. MITSAI shtab-kvartirasi Samarqandda joylashgan. MOTXI YuNESKO bilan rasmiy hamkorlik shartnomasi tuzilgan hukumatlararo tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida institut diplomatik immunitetga ega.
Bugungi kunda MOTXI 11 ta ishtirokchi-davlatni birlashtiradi, ya’ni: Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston. Tashkilot Markaziy Osiyo mintaqasi olimlari va tadqiqotchilari va ularning xorijiy hamkasblari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha faol ish olib boradi hamda qator sohalar, jumladan, moddiy va nomoddiy madaniy meros, tarix, ijtimoiy fanlar va boshqalarda fanlararo tadqiqot loyihalarini amalga oshiradi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi