O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Velosport: O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida ishtirok etdi

2021-09-14 | Sport

Shu yil 9-12-sentyabr kunlari Kolumbiyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Daniil Yevdokimov va Aleksey Fomovskiy ham ishtirok etishdi. Taʼkidlash joiz, yosh yigit-qizlarimiz ilk marotaba shunday yuqori saviyadagi turnirda qatnashdi. Va bu yo‘lda ularga terma jamoamizda faoliyat olib borayotgan chet ellik mutaxassis - Gleb Borisovich Groysman hamrohlik qildi.

Sportchilarimiz o‘z chiqishlarini 10-sentyabrda boshladi. Ularni bir nechta turdagi dasturlar kutayotgan edi: omnium, madison, taʼqib qilish hamda chiqib ketish poygalari.

Taʼqib qilish yakkalik poygasida Yanina Kuskova 3.51.683 natija bilan TOP-10dan joy oldi. 1-o‘rinni amerikalik Lili Uilyams, 2- va 3-o‘rinlarni Germaniyaning ikki vakilasi egalladi.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan poygalarda Daniil Evdokimov 11-o‘rinni, ayollar o‘rtasida xuddi shu yo‘nalishda Margarita Misyurina 15-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida madison poygasida ikki nafar hamyurtimiz Daniil Evdokimov va Aleksey Fomovskiy ishtirok etdi. Yigitlarimiz yakunda 10 ochko to‘plab, 7-pog‘onadan joy oldi.

Ayollar o‘rtasidagi Omnium poygasida O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Yanina Kuskova ishtirok etdi. Uning raqiblari orasida Polsha, Ukraina, Kolumbiya, Belgiya, Germaniya, Chexiya, AQSH, Chili, Meksika, Ekvador, Braziliya, Nigeriya, Kanada va boshqa mamlakatlarning sportchilari bor edi. Bu yo‘nalishda raqobat juda yuqori bo‘ldi. Yanina Kuskova 13-natijani qayd etdi.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz velosportning trek yo‘nalishida Jahon kubogidagi ishtirokini yakunlashdi. Va bu yosh sportchilarimiz uchun katta tajriba bo‘ldi. Zero, ular o‘z kuchlarini turli jamoalarning tajribali aʼzolari bilan sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa ularning o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Eng muhimi, musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritiib, erkaklar va ayollar o‘rtasida velosport bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ushbu turnir Fransiyada 20-24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться