O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari tadbirkorlarining murojaatlari tahlil etildi

2021-08-13 | Iqtisodiyot

12-avgust kuni Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Jizzax viloyati tadbirkorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish tadbirkorlarning ushbu hududlardan tushgan murojaatlarini hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ijrosini muhokama etishga bag‘ishlandi. Jumladan, korxonalarni va investitsiya loyihalarining tashabbuskorlarini moliyalashtirish, erkin iqtisodiy zonalar salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zarur litsenziya va ruxsatnomalar olish masalalariga va boshqa dolzarb mavzularga to‘xtalib o‘tildi.
 
Yig‘ilish ishtirokchilari tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z g‘oya va takliflarini o‘rtaga tashlash imkoniga ega bo‘ldilar. Bildirilgan g‘oyalar tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida batafsil ko‘rib chiqildi va konkretlashtirildi.
 
“Xususiydan umumiyga” tamoyili asosida biznes yuritish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yaratadigan tizimli omillarni aniqlash va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun har bir murojaatni o‘rganishga alohida yondashishning ahamiyati qayd etildi.
 
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish bo‘yicha Shtab mutaxassislari kelib tushgan muammoli masalalarni o‘rganish va hal qilishda davom etishlari, birorta murojaat tegishli javobsiz qoldirilmasligi ta'kidlandi.
 
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish va eksport faoliyatida tadbirkorlarni samarali qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashga oid doimiy qaytma aloqa mexanizmini yaratish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться