O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident maktabi test sinovlari boshlandi

2021-07-26 | Ta’lim

Samarqand shahridagi “Lokomotiv” markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol maydoni hamda Samarqand shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida Prezident maktabiga talabgor o‘quvchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Samarqand shahrida yangi o‘quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Prezident maktabi faoliyat boshlaydi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida Prezident maktabida o‘qish istagida bo‘lgan eng ko‘p talabgorlar Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xabaringiz bor, Prezident maktabiga dastlabki o‘quv yilida 5-11-sinflarga qabul o‘tkaziladi.  

Ilk o‘quv yili uchun Samarqanddagi Prezident maktabiga 14 mingdan ortiq o‘quvchi yoshlarning arizalari kelib tushgan. Shundan 13,5 mingga yaqin hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Belgilangan tartibga ko‘ra, ayni paytda talabgorlar dastlabki bosqich sinovlarida ishtirok etmoqda. Bu sinovlar 26, 27, 28 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

— Test sinovlariga puxta hozirlik ko‘rildi, - deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Samarqand shahri bo‘yicha mas’ul Gavhar Ishimova. – Test jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tkazish maqsadida tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha zarur choralar ko‘rildi. O‘quvchilar to‘liq Face ID tekshiruvidan o‘tkazilib, karantin qoidalariga amal qilingan holda test jarayonlariga kiritilmoqda. Cambridge Assessment tashkiloti vakillari test jarayonlarini bevosita, mutasaddilar esa onlayn kuzatishmoqda. Ota-onalar uchun ham onlayn tartibda kuzatish imkoniyati yaratilgan. Test jarayonlari yakunida barcha javob varaqalari shu yerning o‘zida muhrlanib, Buyuk Britaniyaga jo‘natiladi. Cambridge Assessment tashkilotida javoblar maxsus uskunalarda tekshirilgan holda natijalar e’lon qilinadi.  

Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki sinov natijalari avgust oyining o‘rtalarida e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqich sinovlari 20-avgustdan 25-avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Prezident maktablari loyihasi Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilishi bilan birga, ushbu loyihani yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan ko‘plab xorijiy mutaxassislar ham jalb qilingan. Ular ham bevosita test jarayonlarini kuzatib, tavsiya va ko‘rsatmalarini berib bormoqda.

– Samarqand hududlar o‘rtasida talabgorlar soni eng yuqori bo‘lganligi uchun mazkur hududdagi jarayonlarda ishtirok etishni xohladim, – deydi AQSHlik mutaxassis Aslan Ibragim. – Ikki kundan buyon tashkiliy jarayonlarni kuzatmoqdaman. Tashkilotchilik, nazorat, shaffoflik belgilangan talablar asosida olib borilmoqda. Eng muhimi, talabgorlarning ishtiyoqi baland. O‘ylaymanki, ushbu loyiha O‘zbekiston uchun eng kuchli mutaxassis kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Bugun kunning birinchi yarmida o‘tkazilgan test sinovlarida ikki ming nafardan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi. 

Manba: O'zA

Поделиться