O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov Yaponiyaning madaniy ishlar bo‘yicha komissari bilan uchrashdi

2021-07-23 | Madaniyat

O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi rahbari – Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning madaniy ishlar bo‘yicha komissari Sunichi Tokura bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni O‘zbekistonning ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida ko‘rsatayotgan yuksak eʼtibori uchun minnatdorlik bildirdi. Bunga 2019-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi tashrif kuchli turtki bo‘lgani taʼkidlangan. 

2022-yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash munosabati bilan ikki davlat o‘rtasida sanʼat va adabiyot vakillari, ijodiy guruhlar va ijrochilarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mezbonlar O‘zbekistonda buddaviylik taʼlimotining tarixiy ildizlarini tadqiq qilish, muzey ishi, qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish sohasidagi hamkorlikka qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida shu yilning sentyabr oyida Xiva shahrida bo‘ladigan "Markaziy Osiyo sivilizatsiyalar chorrahasida" Xalqaro madaniy forumida va oktyabr oyida o‘tkaziladigan "Ipak yo‘li marvaridi" Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun Yaponiya davlati vakillari taklif qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться