O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

PricewaterhouseCoopers (PwC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

2021-06-28 | Iqtisodiyot

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilxom Norqulov PricewaterhouseCoopers (PwC) kompaniyasining Yevroosiyo bo‘yicha ijrochi hamkori Maykl Axern boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Maykl Axern yashirin iqtisodiyot hajmini o‘lchashda respublikadagi norasmiy sektorni o‘rganish muhimligi va bu borada PwC kompaniyasining tajribasi yuqori ekanligini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, kompaniya Qirg‘izistonning norasmiy iqtisodiyoti bo‘yicha olib borgan tadqiqoti to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim etildi.
 
Bu masala bo‘yicha aniq statistik ma'lumotlarni olish uchun “pilot” rejimida O‘zbekiston hududlaridagi vaziyatni o‘rganish ishlarini olib borish taklif etildi.
 
Shuningdek, tomonlar ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, vazirlik ushbu sohada amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha mehmonlarga ma'lumot berildi. Maykl Axern bu yo‘nalishda PwC kompaniyasi O‘zbekistonga ko‘maklashishiga tayyorligini ma'lum qildi.
 
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan sohalarda hamkorlikni jadallashtirishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться