O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Estoniya Respublikasi Boshqaruv Kengashi a'zosi bilan uchrashuv
2021-06-23 | Siyosat
Joriy yilning 22-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Il'xom Norqulovning Estoniya Respublikasi Boshqaruv Kengashi direktori a'zosi Galina Nikitina, Texnik direktor Oleg Karelin hamda Toshkent shahar qurilish boshqarmasi Bosh reja bo‘limi Bosh mutaxassisi Baymsxamedov Iskandar boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, respublika miqyosida urbanizasiya sohasi jadal rivojlanib kelmoqda. Aynan shu xususida uchrashuv davomida vazirning birinchi o‘rinbosari Il'xom Norqulov O‘zbekistonda urbanizasiya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, Estoniya Respublikasi Boshqaruv Kengashi direktori a'zosi Galina Nikitina ham yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan o‘zining fikrlarini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, amaldagi tadqiqotlar bo‘yicha ham o‘z mulohazalarini bildirdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi