O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi
2021-06-19 | Xavfsizlik sohasi
Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi bosh komissari janob Kim Chang Yong boshchiligidagi delegatsiya va Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po'lat Razzoqovich Bobojonov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi faoliyati bilan tanishish maqsadida viloyatda bo'ldi.
Tashrif davomida bugungi kunda O'zbekistonda, xususan, Samarqand viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar chora-tadbirlar borasida tajriba almashuvi jarayoni bo'lib o'tdi.
Shuningdek, mehmonlar «Xavfsiz shahar» va «Xavfsiz turizm» kontseptsiyalari doirasida viloyat IIBda barpo etilgan zamonaviy «Situatsion markaz», “102” tezkor tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida, O'zbekiston va Koreya o'rtasida 2021-2022 yillarda jamoat tartibini saqlash bo'yicha amaliy hamkorlik tarbirlar rejasi (“Yo'l xaritasi”)ni ijrosini ta'minlash yuzasidan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Shuningdek, tashrif jarayonida koreyalik hamkasblarga Samarqandning turistik ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlash amaliyoti namoyish qilindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi