O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hukumat rahbarlarining onlayn uchrashuvi

2021-06-08 | Siyosat

2021-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan bilan videoanjuman shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szin'pin bilan telefon orqali oxirgi muloqoti yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Ushbu videoanjuman Davlatlarimiz rahbarlarining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarini samarali amalga oshirishning mantiqiy davomi ekanligi ta'kidlandi.
 
Suhbat davomida O‘zbekiston-Xitoy keng qamrovli strategik hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan savdo, investitsiya, transport va tranzit sohalarida o‘zaro amaliy aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida O‘zbekistonda istiqbolli qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi istiqbolli dasturlarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan ham fikr almashildi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
 
XXR rahbariyatiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatgan amaliy yordam hamda tajribali tibbiyot mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi. Ikki mamlakat olimlari va shifokorlari tomonidan koronavirusga qarshi vaksinaning qo‘shma klinik sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgani hamda aholini emlashni samarali davom ettirish zarurligi qayd etildi. Videoanjuman shaklidagi uchrashuv ochiq, ishbilarmonlik va do‘stona ruhda o‘tdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmati

Поделиться