O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2025
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Og‘ir atletika: Adhamjon Ergashev Osiyo chempionatida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi

2021-04-20 | Sport

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kungi bahslari davom ettirildi. Quvonarlisi, bundan biroz avval hamyurtimiz, -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev o‘z ishtirokini yakunladi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida dastlabki ikki urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, nihoyat so‘nggi urinishda Adhamjon 140 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi.

Siltab ko‘tarish mashqida esa hamyurtimiz ishonchli harakat qildi va o‘z ishtirokini 176 kg natija bilan yakunladi. Shu og‘irlikning zabt etilishi unga siltab ko‘tarish mashqi va ikki kurash bahslarida bronza medallarini taqdim etdi.

Ushbu vazn toifasida katta oltin medal Xitoy vakili Lijun Chenga nasib etdi. U yakunda o‘z hamyurti Minxao Xuangni bor-yo‘g‘i bir kiloga ortda qoldirdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati

Erkaklar, -67 kg vazn toifasi:

1. Lijun Chen (Xitoy) – 333 kg (153 kg + 180 kg)

2. Minxao Xuang (Xitoy) – 332 kg (155 kg + 177 kg)

3. Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston) – 316 kg (140 kg + 176 kg)

Shu tariqa poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz aʼzolari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar soni 5taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi dasturda Og‘abek Nafasov kumush (dast ko‘tarish), Muattar Nabiyeva esa kumush (dast ko‘tarish) va bronza (ikki kurash) medallariga sazovor bo‘lishgan edi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться