O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kasallanish ko‘payib borishiga nima sabab bo‘lmoqda?
2021-04-17 | Sog‘liqni saqlash
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishi davom etmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus qayd etilishi keskin oshayotgani afsus bilan qayd etildi. 2021-yil 16-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86338 (+316) nafarni tashkil etmoqda. Ya’ni, bir kunda kasallikka chalinganlar soni uch yuzdan oshdi. Ayniqsa. Bu kasallik yoshlar o‘rtasida ko‘payayotgani xavotirlidir.
Buning asosiy sababi, beparvolik ekani aytildi. Jamoat joylarida sanitariya-gigiyena holatlariga rioya qilmaslik, to‘ylarni yana avvalgi holatlarda o‘tkazish holatlari uchramoqda.
Yig‘ilish davom etmoqda.
Manba: O'zA