O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston va Ukraina o'rtasida xuquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
2021-04-11 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 9-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi IIV va Ukraina Milliy politsiyasi vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari va o'zbek-ukrain idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh faoliyatini tashkil etish va vazirliklar o'rtasidagi shartnoma-huquqiy bazasi muhokamasiga bag'ishlangan videokonferentsaloqa uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar, O'zbekiston va Ukraina huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tuzilmalari o'rtasida aloqalar o'rnatish hamda ikki davlat ichki ishlar organlari o'rtasida ishchi guruh faoliyatini tashkil etish va idoralararo bitim loyihasini ishlab chiqish bo'yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning yangi yo'nalishlari va ikki davlat vazirliklari o'rtasida idoralararo bitimni ishlab chiqish masalalari bo'yicha kelishib oldilar.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi