O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Xitoy siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2021-03-30 | Iqtisodiyot

2021-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 17-davrasi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov, Xitoy delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Le Yuchen boshchilik qildi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada chuqurlashtirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Xitoy tomoni so‘nggi yillarda O‘zbekistonda mamlakat hayotining barcha sohalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho berdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, o‘zaro savdoninig hajmlari va nomenklaturasini yanada ko‘paytirish, tomonlar uchun ustuvor bo‘lgan sohalarda loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan birgalikda ro‘yobga chiqarilayotgan transport-kommunikatsiya va infratuzilma loyihalarining muhimligi qayd etildi.

Agrar sektorda hamkorlik qilish, qishloq joylaridagi infratuzilmani mustahkamlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga kompleks yondashuvlarni joriy qilishning istiqbolli ekanligi e’tirof etildi.

Turli darajalarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Xitoy tomoni joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif etildi. 

Shu kunning o‘zida ikki davlat delegatsiyalari Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Xitoy Hukumatlararo qo‘mitasining Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitasi 7-majlisida ham ishtirok etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться