O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ayollarning huquq va imkoniyatlari himoyasiga qaratilgan vazifalarga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi

2021-03-26 | Jamiyat

O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi «Fuqarolik jamiyatini rolini O‘zbekistondagi ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini himoya qilish, kengaytirish maqsadida kuchaytirish» ACTED loyihasi bilan hamkorlikda trening o‘tkazdi

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, treningda gender tengligi, gender masalalari bo‘yicha xalqaro qonunchilikni muhokama qilish va davlat organlari vakillarining O‘zbekistonning inson huquqlari va gender tengligi bo‘yicha xalqaro majburiyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, mamlakatda gender tengligi va inson huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ishtirokchilar, shuningdek, ayollar huquqlari, kamsitish va tengsizlik, inson huquqlari va gender tengligi bo‘yicha xalqaro huquqiy va me’yoriy hujjatlar, gender masalalari bo‘yicha muammolarni ommalashtirish (gender meynstriming) sessiyalarida mavzularga doir masalalarni muhokama qildi.

Treningda O‘zbekiston gender tengligini ta’minlash va ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z hissasini rasmiy ravishda bildirib kelayotgani ta’kidlandi.

Xususan, Pekin Platformasi va Pekin Harakatlar Rejasiga qo‘shildi, 1995 yilda Ayollarga nisbatan kamsitishni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyani (CEDAW) imzoladi. Respublika Konstitutsiyasida esa kamsitilmaslik, ayollar va erkaklar uchun teng huquqlilik tamoyillari mustahkamlangan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться