O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Covid-19 anketasi asosida uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazilishi bo‘yicha ma'lumot berildi
2020-09-06 | Jamiyat
2020-yilning 4-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Aholi turmush darajasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari boshqarmasi tomonidan koronavirus (Covid-19) anketasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish tartibi masalasida vebinar tashkil etildi.
Unda hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari ham qatnashdi.
Vebinarda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ijrosi bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi. Koronavirus pandemiyasi davrida Davlat statistika qo‘mitasi buyrug‘iga asosan, Covid-19 anketasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazilishi yuzasidan atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga Covid-19 anketasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilib, anketa savollari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi