O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turk investorlarining O‘zbekistondagi faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi

2020-08-26 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24 avgust kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisining rejalashtirish va byudjet komissiyasi Raisi L.Elvan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yirik turk biznes vakillari ishtirok etgan ushbu uchrashuv davomida turk va o‘zbek kompaniyalari ishtirokida bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal va avtomobil sanoati hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarga bo‘lajak investorlarni jalb etish doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika, qurilish va to‘qimachilik kabi ustuvor sohalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun turk ekspert-maslahatchilarini jalb qilishda hamkorlik qilish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Shu yo‘nalishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xufyona iqtisodiyotga va korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi Turkiya tajribasini qo‘llashning istiqbollari ta’kidlandi. Turkiyalik ekspertlar tomonidan qonunchiligimizda davom etayotgan o‘zgarishlarning Respublika investitsiya muhitiga ta’sirini baholash, shuningdek, mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashda amaliy yordam ko‘rsatishlariga kelishib olindi.

Elektron hukumat tizimini joriy etish bo‘yicha Turkiya tajribasini qo‘llashni nazarda tutib davlat boshqaruvini raqamlashtirish doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbusni amalga oshirishning amaliy masalalarini hal qilish uchun ikki mamlakatning tegishli idora va vazirliklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhni tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Turkiya hududida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat faoliyatini tizimlashtirish va masalalarini hal etish maqsadida ikki mamlakatning tegishli davlat tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish orqali mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ham aniq mexanizmlar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi tuzildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться