O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xushxabar: Oʻzbekiston 2025-yilgi yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi

2020-08-10 | Yoshlar

2020-yil 7-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Maʼlumki, Osiyo Olimpiya kengashining 2019-yil 28-sentyabr kuni Qatarning Doxa shahrida boʻlib oʻtgan 73-Ijroqoʻmi yigʻilishida Toshkent shahrida 2025-yil yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga rozilik bildirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi.

Qarorga muvofiq, mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek, ilgʻor davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida davlat muassasasi shaklidagi “Toshkent–2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi tuziladi.

Direksiya zimmasiga Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha Osiyo Olimpiya kengashi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish, Osiyo Olimpiya kengashi va sport turlari boʻyicha Osiyo sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish, yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo oʻyinlari dasturini hamda milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, Toshkent–2025 Osiyo oʻyinlarining logotipini ishlab chiqish, musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida koʻrgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarini oʻtkazish, mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida Osiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni Osiyo Olimpiya kengashi va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, zarur boʻladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan taʼminlash, televizion koʻrsatuvlarni taqdim etish va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, oʻyinlar, uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik koʻrish, Osiyo oʻyinlari gʻoyalari va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini oʻtkazish, axborot bilan taʼminlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, Osiyo oʻyinlariga homiylarni jalb qilish, tayyorgarlik ishlarining borishi toʻgʻrisida OAV orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться