O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TOBB ETU Universitetining Toshkent filialiga kirish imtihonlarini o‘tkazish masalalarini muhokama qilish maqsadida ishchi yig‘ilish

2020-08-10 | Ta’lim

Prezident Shavkat Mirziyoev 6-avgust kuni joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda oliy ta'lim tizimidagi o‘zgarishlar natijasida yoshlar va ularning ota-onalarida o‘qishga ishonch ortdi. Hujjat topshirish to‘liq masofaviy shaklda amalga oshirilgani aholiga katta qulaylik yaratmoqda.

Bugungi kunda o‘qishga qabul qilish testlari qachon, qaerda va qanday tartibda o‘tkazilishi hamda 2020/2021 o‘quv yilida ta'lim jarayoni qanday tashkil etilishi barchani o‘ylantirmoqda. Bunga sabab, tabiiyki, turmush tarzimizni o‘zgartirib yuborgan koronavirus pandemiyasi.

Shu munosabat bilan, 2020-yilning 7-avgust kuni, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida TOBB ETU universitetining Toshkent filialiga kirish imtihonlarini o‘tkazish masalalarini muhokama qilish uchun onlayn konferens aloqa shaklida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga qilgan rasmiy tashrifi doirasida 19-fevral kuni Anqara shahrida o‘tkazilgan Oliy darajadagi O‘zbekiston - Turkiya birinchi strategik hamkorlik yig‘ilishi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Palatalari va birjalari ittifoqi o‘rtasida “TOVV” qoshidagi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish yuzasidan memorandum imzolangan.

2020-yilning 17-iyun kunida Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qarori bilan «Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiya TOBB ETU Universitetining filialini ochish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, TDIU rahbariyati, shuningdek turk tomonidan: SSP Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Adem Kula, "TOВВ" Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi qoshidagi Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti rektori Guven Sak va boshqa mas'ul shaxslar ishtirok etdi.

Kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish sanasi kabi shu va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Kirish imtihonlari 25-avgustdan 1-sentabrgacha rejalashtirilgan. Imtihonlar ikki fan bo‘yicha: matematika va ingliz tili fanlaridan olinadi. Kunning birinchi yarmida matematikadan, ikkinchi yarmida esa ingliz tilidan imtihonlar bo‘ladi.

Xususan, test sinovlari abiturientlar va kuzatuvchilarning epidemiologik xavfsizligini ta'minlaydigan joylarda o‘tkazilishi kerakligi ta'kidlandi.

Yig‘ilish davomida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi vaziyat va abiturientlar qulayligini hisobga olingan holda, hujjatlarni topshirish muddati 2020-yil 20-avgustgacha uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Talabalar Turkiyaga sayohat qilish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘lga kiritadilar. Uchinchi trimestrda ular Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va taniqli tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishadilar, shuningdek, elektrotexnika sohasidagi yirik korxonalarda, Turkiyadagi to‘qimachilik va meva-sabzavot klasterlarida amaliyot o‘tashlarini ham ta'kidlab o‘tish joiz. Amaliy mashg‘ulotlar davomida barcha talabalar oziq-ovqat va turar joy bilan ta'minlanadilar. 

Shuningdek, iqtidorli va kam ta'minlangan talabalar uchun Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladigan bir qator imtiyoz va afzalliklar - talabalar uchun yaratilagan juda katta imtiyozli tizim xisoblanadi.

Ushbu universitet talabalari uchun o‘zlarining til bilimlarini oshirish imkoniyati yaratilgan. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, ular qo‘shimcha: turk, fransuz, nemis va xitoy tillarini o‘rganadilar.

Ushbu Universitet haqida batafsil bilishni istaganlar, qabul qilish va o‘qitish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining ishonch telefoniga murojaat etishlari mumkin: +99878 150 60 08.

Shuningdek biz bilan aloqa qilish uchun telegram kanali: https://t.me/TOBB_ETU_TASHKENT

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться