O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belarus Elchisi bilan uchrashuv
2020-08-07 | Siyosat
2020-yil 6-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, jumladan Ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini, shuningdek, "Belarusda ishlab chiqarilgan" milliy mahsulotlar ko‘rgazmasini 2020-yil kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi