O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Indoneziyadagi Oʻzbekiston fuqarolarining viza muddatlari uzaytiriladi

2020-07-21 | Jamiyat

Koronavirus pandemiya davrida Indoneziyadagi Oʻzbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar doirasida 20-iyul kuni mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasi tashabbusi bilan Indoneziya migratsion hamkorlik departamenti direktori R.Santoso bilan muzokara oʻtkazildi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar jahon miqyosidagi pandemiya davrida xalqaro aviaparvozlar toʻxtatilishi tufayli Indoneziya hududida qolishga majbur boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qildilar.
 
Jumladan, 30 kunlik vizasiz rejim asosida Indoneziyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining vizasiz muddatini uzaytirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Yaʼni, viza muddati oʻtib ketgan Oʻzbekiston fuqarolariga kechikkan muddat uchun jarima solinmaydi.
 
Ushbu chora mamlakatimiz fuqarolarining Jakartadagi elchixonamizga murojaati asosida va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlaridan Toshkentga doimiy reyslar yoki maxsus charter reyslar yoʻlga qoʻyilguncha amal qiladi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston bilan Indoneziya oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarni, shuningdek, birgalikdagi intilishlarni bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlashini alohida taʼkidladilar.
 

R.Elmurodov, OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться