O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqro standartlashtrish tashkiloti tomonidan bolalar ozuqasini sinash uchun yangi xalkaro ISO 23443 standart ishlab chiqildi.

2020-07-15 | Iqtisodiyot

Bolalar ozuqalarining qadoqlanishi alohida tartib asosida talab etiladigan soha hisoblanadi. Bu ularning tarkibidagi ozuqa moddalariga nisbatan qat’iy qoidalarni anglatadi.

Shu nuqtai nazardan ta’kidlash kerakki, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ekspertlari aralashmada bunday ozuqa moddalarining mavjudligi va ularning konsentratsiyasini aniqlash uchun sanoat tomonidan tan olingan yangi ixtiyoriy standartlarni yaratdilar. Ushbu turdagi standartlar seriyasi doimiy ravishda yangilanadi va kengayib boradi.

Bugungi kunda, yorliqlarga muvofiqligini tekshirish uchun AOAC International tashkiloti tomonidan ISO va Xalqaro sut federatsiyasi (IDF) bilan hamkorlikda boshqariladigan SPIFAN loyihasi (Xalqaro bolalar va kattalar uchun oziq-ovqat bo‘yicha ishchi guruhi) doirasida bir qator ISO xalqaro standartlari ishlab chiqildi. Ushbu loyihalar 20 va undan ortiq ustuvor oziq moddalari uchun standart va analitik usullarga talablarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Ushbu standartlar seriyasidagi eng yangisi - ISO 23443 standarti, Bolalar uchun aralashmalar va kattalar uchun ozuqaviy qo‘shimchalar. Lutein, β-karotin va likopen ko‘krak sutida mavjud bo‘lgan karotenoidlar qatoriga kiradi va ko‘pincha kattalar uchun bolalar ozuqasiga qo‘shiladi, ko‘rish va ko‘gnitiv fuksiyalar uchun lutein muhimdir, β-karotin esa A vitaminini ta’minlaydi.

Standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhining rahbari Erik Koningsning ta’qidlashicha, ushbu standartlar milliy va xalqaro standartlarga muvofiqligini namoyish etishning samarali usulini taqdim etadi, chunki ular AOAC Xalqaro va IDF singari sohadagi boshqa standart loyihalash tashkilotlariga muvofiq, global sinash usulidur.

Yangi ISO 23443 standarti va ushbu seriyadagi boshqa hujjatlar AFNOR (Fransiya) va ABNT (Braziliya) milliy standartlashtirish idoralari tomonidan boshqariladigan ISO / TC 34 Texnik Qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ma’lumot Xalkaro Standartlashtirish tashkiloti ma’lumoti asosida tayyorlandi.

Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin - https://www.iso.org/ru/news/ref2531.html

Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Поделиться