O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maxsus poyezdlar qatnovi davom etmoqda

2020-04-24 | Jamiyat

Koronavirus pandemiyasining yurtimizga kirib kelishi ortidan koʻplab sohalarda ish toʻxtab qoldi. Ular orasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari”da ham yoʻlovchilar tashish vaqtincha toʻxtab qoldi.

Jumladan, COVID-19 koronavirus pandemiyasining Oʻzbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida, xalqaro va mahalliy yoʻnalishlarda harakatlanadigan barcha yoʻlovchi poyezdlar harakati toʻxtatildi.
 
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” jamiyati axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, xalqaro yoʻnalishlarda harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdlar 2020-yilning 22-mart kuniga qadar yoʻlovchilarni olib kirdi. Yoʻlovchi poyezdlarda kirib kelgan 2257 nafar fuqaro yurtimizning turli viloyatlarida tashkil qilingan karantin zonalariga yetkazib qoʻyildi.
 
16-martdan 14 kunlik karantinda boʻlgan yurtdoshlarimizning 11 ming 512 nafari karantin muddati tugagandan keyin 46 ta maxsus dezinfeksiyalangan yoʻlovchi poyezdlarida manzillariga yetkazildi.
 
Bundan tashqari, karantin paytida respublikamiz hududlarida aholi turmush sharoitini atroflicha oʻrganish va yuzaga keladigan muammolarni joyida hal qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar ishchi-xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar uchun qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar tashkil qilinib, ularni tashish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq shahriga alohida yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
 
Toshkent viloyatida qurilayotgan kasalxona qurilishi hamda “Toshkent metropoliteni” qurilishiga jalb qilingan temir yoʻl ishchilari va qurilish pudratchi tashkilotlari ishchi xodimlarini tashish ishlari amalga oshirilmoqda.
 
Ayni kunda ham karantin hududlarida 14 kun mobaynida shifokorlar nazoratida boʻlib, karantin muddati tugagan yurtdoshlarimizni yashash manzillariga yetkazib qoʻyish uchun maxsus poyezdlar qatnovi davom etmoqda.
 
Karantin paytida xizmat koʻrsatishning uzluksizligini taʼminlash maqsadida ishga jalb qilingan xodimlarning doimiy ravishda himoya niqobida boʻlishlari, gigiyena talablariga amal qilishlariga jiddiy eʼtibor berilgan hamda ularning ishga kelib-ketishini taʼminlash maqsadida xizmat mashinalari ajratilgan.
 
Maʼmuriy binolar, vokzallar, “Afrosiyob” poyezdlari va barcha yoʻlovchi vagonlar hamda xizmat mashinalari muntazam ravishda tegishli tartibda dezinfeksiya qilinmoqda.

Поделиться