O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda 1054 fuqaro koronavirus kasalligiga chalingan, 27 bemorda pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda

2020-04-14 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 1054 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 101 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 2 nafarining ahvoli nisbatan ogʻirroq. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 101 bemordan 4 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanyapti.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etayapti. 81mingdan koʻproq holatda fuqarolarimiz uy va statsionar sharoitda karantin muddatini oʻtayapti. Maʼlumotlarga koʻra, karantin tadbirlarini buzganlar soni 55 mingdan ortib ketdi. Bunday fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan 30 barobarigacha, rahbar xodimlarga 30 barobaridan 50 barobarigacha jarima qoʻllash belgilangan. Balki siz uchun bu unchalik katta mablagʻ emasdir. Lekin oilangiz, yaqinlaringiz salomatligini xavfga qoʻymasdan, karantin tadbirlariga rioya qiling, uyda qoling!
 
Qanchalik ogoh, sergak, oilangiz, salomatligingiz oldida masʼul boʻlsangizgina vaziyatni jilovlay olishimiz mumkin. Bilingki, vaziyat har birimizning harakatimiz bilan uzviy bogʻliq.
 
 

Поделиться