O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga bordi

2020-03-12 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Davlatimiz rahbari o‘sha yili oktyabrda bu yerga kelib, taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, 266 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar evaziga, umumiy hisobda 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo‘lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi erkin iqtisodiy zona hududidagi istiqbolli loyihalardan biri. Ushbu kompaniya 13 million dollarlik loyiha asosida joriy yil yanvarda ishga tushirildi. Germaniya, Turkiya, Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi. 760 ta ish o‘rni yaratildi. 

Bu yerda yiliga 4 ming tonna bo‘yalgan tayyor choksiz trikotaj mato, 14 million dona turli xil tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniya, Frantsiya va Yevropaning boshqa davlatlariga yiliga o‘rtacha 12 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tikuvchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi.

Поделиться