O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Daraxtlarga davlat nazorati kartochkalari o‘rnatiladi
2020-03-11 | Ekologiya
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yangi raisi Shavkat Abdurazzaqov jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashdi.
Tadbirda bugungi kunda daraxtlarni kesish bilan bog‘liq salbiy holatlar ko‘payib borayotgani, bundan ekologiya va atrof-muhit zarar ko‘rayotgani ta’kidlandi. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish borasida qo‘mita tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda, degan savolga javob berildi.
Qo‘mitaning yangi rahbari ishni davlat muhofazasidagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishdan boshlashini aytdi. Shuningdek, joriy yilda mamlakatimizdagi mavjud daraxtlarga davlat nazorati kartochkalari o‘rnatiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad - daraxtlarning asossiz va noqonuniy kesilishining oldini olishdir.
Qo‘mita raisi jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Sh.MAMATUROPOVA, O‘zA