O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) investitsiya portfelini ko‘rib chiqilishi bo‘lib o‘tdi

2020-03-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati vazir S.Umurzakov boshchiligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan birgalikda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihalari portfelini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbariyati hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlari ishtirok etdilar.

Muhokama doirasida JICA ning kredit va grant mablag‘lari xisobidan amalga oshirilayotgan va ishlar olib borilayotgan loyihalarni amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Vazirlik rahbariyati ushbu loyihalarni amalga oshirishda ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirishda kechikish va belgilangan muddatlarni buzish xavfini bartaraf etadigan printsipial jihatdan yangi yondashuvni shakllantirish zarurligini ta’kidladi.

Loyihalarni amalga oshirishni batafsil tahlil qilish orqali mavjud muammolar aniqlandi va ularni hal qilish yo‘llari birgalikda aniqlab olindi.

Hozirgi vaqtda yaponiyalik sheriklarning portfelida energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, kadrlar tayyorlash, transport sektori va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha qator strategik loyihalar mavjud. Hamkorlik rivojlanishidagi ijobiy dinamikani va kelgusidagi sheriklik istiqbollarini inobatga olgan holda, tomonlar yangi ustuvor tarmoqlarni qamrab oladigan O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Energetika sohasida keng ko‘lamli loyihalarni qurish, bog‘dorchilikni rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq loyihaviy takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tashkilotlar va idoralar ishtirokida loyihalarning doimiy monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 Ma’lumot uchun: JICA bilan investitsiya, moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 4 mlrd. doll. oshiqroq. Bundan tashqari 1993-yildan beri O‘zbekistonda beg‘araz yordam (grantlar) orqali umumiy qiymati 230 mln. doll. bo‘lgan 80 ga yaqin loyihalar amalga oshirilgan.

Поделиться