O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“VEON” kompaniyalari guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-03-06 | Texnologiyalar

2020-yil 5-mart kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning “VEON” kompaniyalari guruhining bosh ijro etuvchi direktori Kaan Terzio‘g‘lu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “VEON” kompaniyalari guruhi maslahatchisi Boris Tadich ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyasi tarmog‘ida qonun hujjatlarining qo‘llanish holati va amaliyoti, mamlakatning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini erkinlashtirish xususida fikr almashildi.

2020-yil Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilinishi bilan O‘zbekistonda erkin tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va buning uchun zarur huquqiy asoslar yaratishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilayotganligi ta’kidlandi.

“VEON” kompaniyalari guruhi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, 2020-yilgi “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida raqamli iqtisodiyotning va elektron hukumatning tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirishga, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga, Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni kengaytirishga, mobil aloqa tarmog‘ini va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish hamda modernizatsiyalashga qaratilgan investitsiya loyihalarida o‘z ishtirokini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Поделиться