O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
1-martdan boshlab O‘zbekistonda Yaponiya fuqarolari uchun 90 kunlik vizasiz rejim belgilandi
2020-03-04 | Turizm
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 fevraldagi “Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida”gi 115-son Qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:
- O‘zbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari uchun O‘zbekistonda bo‘lish muddatiga;
- boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.
Vizasiz kirish tartibi O‘zbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.