O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“mGovAward” respublika koʻrik-tanlovining saralash bosqichi yakunlandi

2020-03-03 | Texnologiyalar

Musobaqada jami 264 ta ishtirok etgan jamoalardan faqatgina 97 ta jamoa keyingi bosqichga chiqishdi.

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun eng yaxshi va samarali mobil ilovasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan «mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida o‘tkaziladi. Tanvlovning maqsadi nafaqat dolzarb va amaliy jihatdan samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish, shu bilan birga yoshlarni davlat qurilish jarayonlariga va ijtimoiy hayotga keng jalb qilish. Tanlovning muhim shartlaridan biri — unda faqatgina jamoa ishtirok etishi mumkin.

Mazkur tanlov qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yichi o‘tkaziladi: ta’lim, sog‘likni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika. G‘oliblarga birinchi o‘rin uchun 50 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun 30 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 20 ming dollar miqdoridagi mukofotlar topshishiriladi.

Tanlov 2019-yil sentabr oyida start olib 2020-yil mart qadar davom etadi. Hozirgi paytda mustaqil ekspert komissiyasi keyingi bosqichga o‘tgan jamoalarining ishlanmalarni baholaydi. Keyinchalik jamoalar taqdimot o‘tkazib, g‘oliblar esa onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi.

Поделиться