O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vena shahrida O‘zbekiston Hukumati va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida bitim imzolandi

2020-02-26 | Iqtisodiyot

2020-yilning 25-fevral kuni Vena shahrida OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (OFID) tomonidan Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktida va Namangan shahrida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasini moliyalashtirish uchun 54 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan hujjatni Elchi Sherzod Asadov va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi nomidan uning bosh direktori Abdulhamid Alhalifa imzoladi.

Ushbu loyiha doirasida xalqaro sifat standartlariga javob beradigan suv ta’minoti infratuzilmasi yaratiladi, buning natijasida Namangan viloyatining 200 mingga yaqin aholisi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Imzolash marosimidan so‘ng OFID Bosh direktori Jamg‘arma va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanayotganini ta’kidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikni yanada mustahkamlashga umid bildirildi.

1975-yilda tashkil etilgan, qarorgohi Vena shahrida joylashgan OPEK Jamg‘armasi rivojlanayotgan mamlakatlarga ijtimoiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatadigan moliyaviy rivojlanish bo‘yicha hukumatlararo institutdir.

1999-yildan beri ushbu tuzilma O‘zbekistonda davlat sektorida umumiy qiymati qariyb 80 million dollarga teng bo‘lgan 7 ta loyihani amalga oshirdi, shundan 47,2 million dollari ichimlik suvi va sanitariya sohasidagi loyihalarni imtiyozli kreditlash uchun, 12,73 million dollari qishloq xo‘jaligiga, 5 million dollardan transport va ta’limni rivojlantirishga ajratildi.

Поделиться